Uzbekistan Airports kompaniyasi raisi Ra’no Jo‘rayevaning 2022-yil noyabrida 3 yilga uzaytirilgan shartnomasi bekor qilindi. “Gazeta.uz” bir kun avval uning lavozimidan bo‘shatilishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Kompaniya raisi v.b. etib Javlonbek Umarxo‘jayev tayinlandi.
Uzbekistan Airports Toshkent aeroporti uchun yana uchta taksi operatorini jalb qilmoqchi — xalqaro terminalning umumiy zali va CIP-zal hamda mahalliy terminal uchun. Hozirda xalqaro terminalning uchib kelish zaliga birgina aeroport taksi operatori xizmat ko‘rsatmoqda.
Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airports`ga barcha taksi kompaniyalarining Toshkent aeroportiga kirishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi. Kompaniya qo‘mita qarori bekor bo‘lishi uchun harakat qilishini va shu paytga qadar holat yuzasidan birorta shikoyat kelib tushmaganini bildirdi.
Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airports yagona taksi xizmati qonun talablarini buzayotganini ma’lum qildi. Kompaniyadan barcha taksilarning terminalga kirishi uchun sharoit yaratish va to‘xtash joylari narxlarini qayta ko‘rib chiqish talab qilindi. Uzbekistan Airports qo‘mitani sudga bergandi, ammo yakunda yutqazdi.
Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va rivojlantirish, Buxoro aeroportini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ikkita loyiha tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Kuzda xususiy sheriklarni tanlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilishi kutilmoqda.
70 yoshli ayol Toshkentdan Samarqandga uchayotgan Silk Avia samolyoti hojatxona kabinasida sigaret chekdi. Samolyot qo‘nishi bilan komandir huquq-tartibot xodimlarini chaqirdi. Ayolga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Singapurning Changi Airports International kompaniyasi yangi Toshkent aeroporti qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda yordamlashadi, shuningdek, mavjud aeroport faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha maslahatlar beradi.
YTTB Uzbekistan Airports`ga O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida maxsus texnikalar parkini yangilash uchun 28 mln yevrogacha mablag‘ ajratadi. Shuningdek, bank kompaniya va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish uchun 1 mln yevro miqdorida grant ajratadi.
Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagida rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Jurnalistlar yangilangan yo‘lakka qo‘ngan birinchi samolyot — Uzbekistan Airways`ning Dubaydan kelgan Boeing 787 Dreamliner samolyotini kutib oldi.
Andijon aeroporti aerodrom majmuasi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan 1 apreldan boshlab parvozlar uchun yopildi. Rekonstruksiya ishlari yil oxirigacha davom etishi kutilmoqda.
Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining birinchi ATR 72−600 samolyoti 21 mart kuni Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda. Bangkokdan havoga ko‘tarilgan samolyot u olti joyga qo‘nadi. Kompaniya O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida arzon havo qatnovini yo‘lga qo‘yishga va’da bermoqda.
Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi aprel oyi oxiridan Moskvadan Toshkent va Samarqandga charter reyslarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Rossiya shaharlaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi Pekin va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklaydi va birinchi reys 26 martga mo‘ljallangan. Muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva yo‘lovchi tashish hajmi pandemiyadan oldingi yilga nisbatan 22 foizga oshganini ma’lum qildi. 2023 yilda yangi mahalliy aviakompaniyalar tashkil etish va xorijiy kompaniyalarni jalb qilish hisobiga ko‘rsatkichni 18 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilarni kutib oluvchilar uchun 2 ta hudud quriladi — biri mavjud soyabonlar o‘rniga, ikkinchisi — ketish va kelish zallari oralig‘idagi P2 avtoturargohida.
Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi — Buxoro — Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Qatnovlar haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
WizzAir aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi — Abu-Dabi-Toshkent-Abu Dabi parvoz yo‘nalishini ochdi. Bu yo‘nalishdagi chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.
Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Mineralniye Vodi va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Muntazam qatnovlar haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Moskvadan Goaga uchayotgan «Aeroflot» samolyoti zo‘ravon yo‘lovchi tufayli Urganchga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. U reysdan chiqarib tashlandi.
14 yanvardan boshlab O‘zbekiston aeroportlarida kutib oluvchilarning uchib kelish zallariga kirib, terminal ichida bojxona hududigacha bo‘lgan joyda yo‘lovchilarni kutishlari mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting